Özbekiston yoşlar ittifoqi qoşidagi Imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar markazi taşabbusi bilan Toşkent şahrining bir neçta köçalarida muhtoj insonlar uçun “Mehrli muzlatgiçlar” astoydil xizmat qilib kelmoqda. Undagi “Kerak bölsa oling, imkon bölsa soling”, degan yozuvlar kimnidir savob qilişga şoşirsa, kimgadir yordam qölini çözadi.

Mazkur loyiha Toşkent şahrining 15 dan ortiq hududida amalga oşirilib, aholi gavjum joylarda oziq-ovqatlar solingan muzlatgiçlar örnatildi.

- “Mehrli muzlatgiçlar” “Mehrli qöllar” ijtimoiy rivojlaniş loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlarimizdan biri, - deydi markaz rahbari Ra'no Şodiyeva. - Bu xayrli loyihada saxiy yurtdoşlarimizning alohida örni bor. Çunki saxovatli insonlar tomonidan bugungi kunga qadar payme click tizimi orqali hisobimizga 1 milliard söm yiğildi. Mazkur mablağlarni imkoniyati çeklangan, kam ta'minlangan oilalardagi yoşlarning operatsiyalari, dori-darmonlari va tibbiy-köriklari uçun sarflayapmiz. “Mehrli qöllar“ xayriya loyihasi doirasida tekin kiyim-keçaklar magazinini ham oçganmiz. Har şanba kuni kiyimga ehtiyoji bor kam ta'minlangan oilalar vakillari va imkoniyati çeklangan insonlar uşbu magazinga kelib, öziga kerakli kiyimlarni olib ketişmoqda. Maqsadimiz muhtoj insonlarga çin yurakdan beminnat yordam beriş.


Loyihaning bir qismi bölgan “Mehrli muzlatgiçlar” esa muhtoj insonlarga yordam qölini çözmoqda. Ular muzlatgiçlardagi mahsulotlardan kerakligini olib, foydalanişyapti.
Har kuni homiylar tomonidan uşbu muzlatgiç töldirib borilmoqda. Loyiha respublikamiz böylab amalga oşiriladi.

















