Yanvar oyida Toşkentda katta qiziqişlarga sabab bölgan «Mehrli muzlatgiç» haqida xabar tarqalgandi. Endilikda «Mehrli muzlatgiç»lar soni yana bittaga köpaydi. Bu muzlatgiç Gemotologiya va qon quyiş ilmiy-tekşiriş instituti hududidan joy olgan.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 

Oqqon, kamqonlik (anemiya) bilan oğrigan bemorlar davolanadigan bu muassasaga respublikaning turli burçaklaridan bemorlar kelişadi. Muolajalar uzoq vaqt davom etgani va katta mablağ talab qilgani uçun köp hollarda bemorning yaqinlari moddiy qiyinçiliklarga uçraşadi. Bunday vaqtda har qanday yordam katta ahamiyat ega. Ijtimoiy tarmoqlarda «Saxovat» nomi bilan iş boşlagan va bugungi kunda Imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar markazi qoşida faoliyat yuritayotgan «Mehrli qöllar» loyihasi taşkilotçilari yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda navbatdagi «Mehrli muzlatgiç»ni aynan oqqon xastaligi bilan oğrigan bemorlar uçun Gemotologiya va qon quyiş ilmiy-tekşiruv instituti hududiga joylaştirişdi.

«Faoliyatimiz davomida 400dan ortiq bemorlarga yordam berdik. Köp hollarda kömak sörab murojaat qilgan bemorlarga kerakli dori-darmon mahsulotlari hamda kasalxona xarajatlarini qoplab beramiz. «Yana qanday yetişmovçiligingiz bor?», degan savolimizga javob berişmaydi. «Şundoq ham dori-darmon olib berdinglar», deb iymanişadi. Şuning uçun «Mehrli muzlatgiç» örnatildi. Endi ular kerakli mahsulotlardan bemalol foydalanişlari mumkin», deydi Imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar markazi qoşida faoliyat yuritayotgan «Mehrli qöllar» loyihasi taşkilotçisi Bahrom Alimov.

Kasalxona hududidan joy olgan «Mehrli muzlatgiç» kuniga bir marta «Mehrli qöllar» loyihasi taşkilotçilari va boşqa köngillilar tomonidan kerakli oziq-ovqat mahsulotlari bilan töldirilmoqda.