Ilmiy kadrlarning akademik harakatçanligi dasturi şakllantiriladi
|14:39 / 28.02.20195 20111 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ilmiy kadrlarning akademik harakatçanligi dasturini şakllantiriş, amalga oşiriş, moliyalaştiriş va monitoring qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.
Ilmiy kadrlarning akademik harakatçanligi dasturini şakllantiriş, amalga oşiriş, moliyalaştiriş va monitoring qiliş tartibi töğrisidagi nizomga köra, akademik harakatçanlik mamlakatda yoş olimlar, iqtidorli yoşlarni ilm-fanga keng jalb qiliş, ilmiy-tadqiqot işlarini amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, ularni davlat tomonidan yanada qöllab-quvvatlaş, respublikada mavjud noyob ilmiy obektlar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolaridan samarali va oqilona foydalanişini ta'minlaş maqsadida işlab çiqiladi.
Akademik harakatçanlik dasturi – OTM va ITMda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan şuğullanayotgan, 40 yoşgaça bölgan professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvçilar va magistr talabalari ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik işlari ilmiy, ilmiy-texnik loyihalari majmuini taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi har yili ilmiy kadrlarning davlat budjeti mablağlari hisobidan bazaviy moliyalaştiriladigan vazirlik va idoralarning OTM va ITMlarida, davlat va davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan korxonalarda, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalaniş markazlarida, mavjud zamonaviy ilmiy laboratoriyalar, tajriba-konstruktorlik byurolari hamda noyob ilmiy obektlardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot işlarini ötkazişga kömaklaşiş maqsadida akademik harakatçanlik dasturi doirasida loyihalar tanlovini ötkazadi.
Innovatsiya vazirligi akademik harakatçanlik dasturi doirasida ilmiy kadrlarning ilmiy-tadqiqot olib borişi mumkin bölgan noyob ilmiy obektlar, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalaniş markazlari, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolari mavjud taşkilotlar töğrisidagi ma'lumotlar bazasini şakllantirib boradi.
Taşkilotlar har yili 1 iyunga qadar öz balansidagi noyob ilmiy obektlari, ilmiy asbob-uskunalar, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolari töğrisidagi ma'lumotlarni Innovatsiya vazirligiga taqdim etib boradi.
OTM va ITM akademik harakatçanlik dasturi doirasida ilmiy tadqiqotlar ötkaziladigan taşkilotlar röyxatini şakllantiriş uçun öz takliflarini Innovatsiya vazirligiga taqdim etişi mumkin.
Innovatsiya vazirligi balansida noyob ilmiy obektlar, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalaniş markazlari, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolari mavjud taşkilotlar bilan ularning moliyaviy-xöjalik faoliyatiga ma'muriy aralaşmasdan turib, ilmiy-texnikaviy hamkorlik töğrisida Kelişuv imzolaydi.
Mavzuga oid
Kelişuvga erişilgan taşkilotlar Innovatsiya vazirligining noyob ilmiy obektlar, ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalaniş markazlari, ilmiy laboratoriyalar va tajriba-konstruktorlik byurolari ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.
Innovatsiya vazirligi har yili 1 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar keyingi moliyaviy yil uçun akademik harakatçanlik dasturini şakllantiriş uçun tanlov e'lon qiladi.
Tanlovni ötkaziş haqidagi e'londa quyidagi ma'lumotlar bölişi zarur:
tanlovni ötkaziş muddatlari;
tanlov iştirokçilariga qöyiladigan talablar;
zarur hujjatlar röyxati;
boğlaniş uçun telefon va elektron manzillar.
Tanlovda respublika OTM va ITMda ilmiy-tadqiqot bilan şuğullanayotgan ilmiy kadrlar öz loyihalari bilan iştirok etişlari mumkin.
Bir ilmiy-tadqiqot işlari doirasida bir guruh ilmiy kadrlar (ilmiy jamoa) tomonidan olib borilayotgan loyiha böyiça OTM va ITMning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengaş tavsiyasiga asosan ilmiy jamoa ham iştirok etişi mumkin.
Nomzodlar tanlovda iştirok etiş uçun faoliyat körsatayotgan OTM va ITMning yöllanma xati orqali ilmiy-tadqiqot işi böyiça loyiha taqdim etadi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan bölişi lozim:
ilmiy-tadqiqot işining mavzusi, dolzarbligi;
ilmiy-tadqiqot işining, obekti, predmeti, maqsad va vazifalari, kutilayotgan ilmiy natijalar;
ilmiy kadrning naşr etilgan ilmiy işlari röyxati;
ilmiy-tadqiqot olib boriş nazarda tutilayotgan taşkilot;
ilmiy laboratoriya yoki tajriba-kontruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borişning zaruriyati, muddati va kerakli uskuna, material va reaktivlar;
qabul qiluvçi taşkilot bilan kelişilgan, loyihani amalga oşiriş kalendar rejasi.
Ilmiy kadrlarning ilmiy-tadqiqot mavzulari OTM va ITMning ilmiy yoki ilmiy-texnik kengaşlari tomonidan tasdiqlangan bölişi lozim.
Naşr etilgan ilmiy işlari röyxati ilmiy kadrning asosiy iş joyi ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlanadi.
Loyiha davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida şakllantiriladigan loyihalarga qöyilgan talablar asosida tayyorlanadi.
Loyihaga ilmiy kadrlarning ma'lumotnoma-obektivkasi (anketa), fuqarolik pasportining nusxasi ilova qilinadi.
Loyiha OTM yoki ITM rahbarining rasmiy kuzatuv xati orqali elektron tarzda Innovatsiya vazirligiga yuboriladi. Loyihani elektron tarzda qabul qiliş tartibi vazirlik rasmiy veb-saytida joylaştiriladi.
Tanlov quyidagi törtta bosqiçda amalga oşiriladi:
1-bosqiç, loyiha hujjatlarini qabul qiliş, tanlov e'lon qilingan kundan boşlab bir oy;
2-bosqiç, loyiha hujjatlarini Innovatsiya vazirligining tarkibiy bölinmalari tomonidan dastlabki ilmiy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan ötkaziş, hujjat qabul qiliş töxtatilgan kundan boşlab 15 kun;
3-bosqiç, loyiha hujjatlarining Innovatsiya vazirligi Maxsus ekspert guruhi tomonidan örganiş va xulosa tayyorlaş, dastlabki ilmiy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy ekspertiza tugagan kundan boşlab 15 kun;
4-bosqiç, loyihaning Innovatsiya vazirligi Hay'at yiğilişi majlisida körib çiqilişi va ğoliblarning aniqlaş, Innovatsiya vazirligi Maxsus ekspert guruhi xulosasi olingan kundan boşlab 15 kun davomida.
Loyiha hujjatlarini Innovatsiya vazirligi Maxsus ekspert guruhi tomonidan örganiş tartibi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 5 iyulda 3036-son bilan röyxatdan ötgan “Yoş olimlarni yetakçi xorijiy ilmiy taşkilotlarda (markazlar, universitetlar va boşqalar), şu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlaş uçun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda işlaş metodikasini özlaştiriş uçun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriş maqsadida ularni tanlov asosida saralaş tartibi töğrisidagi Nizom”ga muvofiq amalga oşiriladi.
Tanlovga loyiha hujjatlarini taqdim etiş muddati tugagandan söng taqdim etilgan loyihalar körib çiqilmaydi.
Loyiha tanlovi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
ilmiy tadqiqot mavzusining mamlakat fan va texnologiyalarini rivojlantirişning ustuvor yönalişlariga mosligi;
ilmiy tadqiqot mavzusining yangiligi va dolzarbligi;
noyob ilmiy obektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarida ötkaziladigan tajribalardan kutilayotgan natijalarning ilmiy samaradorligi;
ilmiy kadrning ilmiy salohiyati.
Tanlovda ğolib deb topilgan loyihalar böyiça ilmiy kadrlarning akademik harakatçanligi dasturi şakllantiriladi va Innovatsiya vazirligi Hay'at yiğilişi qarori bilan tasdiqlanadi.
Tanlov ğoliblari birinçi dekabrda internet naşrlari va Innovatsiya vazirligi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Tanlov ğolibiga sertifikat beriladi.
Loyiha bajarilişining umumiy muddati ilmiy kadrning ilmiy stajirovkasi muddatini hisobga olgan holda jami bir yildan oşmasligi lozim.
Qabul qiluvçi taşkilot majburiyatlari:
ilmiy kadrga loyihani amalga oşiriş uçun kerakli şart-şaroitlarni yaratiş;
ilmiy kadrga loyihani amalga oşiriş davomida ilmiy maslahatçi tayinlaş;
noyob ilmiy obektlar, ilmiy labaratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolarining ilmiy asbob-uskunalaridan foydalaniş uçun mutaxassis biriktiriş;
loyiha doirasida dala yoki sanoat tajribalarini ötkazişga kömaklaşiş.
mavjud axborot resurs bazalaridan, kutubxonalar va ilmiy fondidan foydalaniş imkoniyatini yaratiş;
ilmiy-tadqiqot işlari natijalarini tahlil qiliş va hisobotlar tayyorlaşda kömaklaşiş;
tegişli kafedralarda (bölim) loyihani olib borilişi yuzasidan ilmiy kadr hisobotlarni körib çiqiş va zarur yöllanmalar berib borişdan iborat.
Qabul qiluvçi taşkilot tomonidan tayinlangan ilmiy maslahatçining vazifalari bölib quyidagilar hisoblanadi:
ilmiy kadr bilan birgalikda loyihani amalga oşiriş kalendar iş rejasini işlab çiqiş va uni öz vaqtida amalga oşirilişini nazorat qiliş;
ilmiy kadrga ilmiy-tadqiqot işini olib borişi uçun zarur bölgan maslahatlar berib boriş;
loyihani amalga oşiriş jarayonlari qayd etilgan jurnalni tasdiqlab boriş.
Ilmiy kadrning majburiyatlari:
qabul qiluvçi taşkilot içki mehnat tartibi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş;
qabul qiluvçi taşkilotning moddiy-texnik bazasidan oqilona va samarali foydalaniş;
loyihani amalga oşiriş jarayonlarini qabul qiluvçi taşkilot tomonidan tasdiqlangan va muhrlangan jurnalda qayd etib boriş;
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida kamida bitta ilmiy maqolani nufuzli xorijiy (imkon qadar impakt faktorga ega bölgan) jurnallarda çop etiş;
ilmiy maslahatçining körsatmalariga qat'iy amal qiliş va kafedra (bölim) yiğilişlarida bajarilgan işlar töğrisida hisobot berib boriş.
Ilmiy kadrlarning akademik harakatçanligi dasturi doirasida loyihani amalga oşiriş xarajatlari davlat budjeti mablağlari hisobidan Innovatsiya vazirligi hay'ati qarori va berilgan sertifikatga asosan Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.
Loyiha xarajatlari quyidagilarni öz içiga oladi:
xizmat safarlari xarajatlari;
noyob ilmiy obektlar, ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolari moddiy-texnik bazasidan foydalaniş xarajatlari (kommunal tölovlar, kimyoviy reaktivlardan foydalaniş xarajatlari va boşqalar);
ilmiy maslahatçiga tölanadigan iş haqi tölovlari.
Loyihani amalga oşiriş bilan boğliq xizmat safari xarajatlari ilmiy kadrning işlayotgan OTM yoki ITM smeta xarajatlari asosida, loyiha ötkaziş va ilmiy maslahatçiga haq tölaş bilan boğliq xarajatlar qabul qiluvçi taşkilot tomonidan tasdiqlanadigan smeta xarajatlari asosida qoplanadi.
Ilmiy kadrning asosiy iş joyidagi lavozimi va oylik iş haqi malaka oşiriş davomida saqlanib qolinadi.
Loyihani ötkaziş jarayoni, kalendar iş rejasining bajarilişi monitoringi ilmiy kadr işlayotgan OTM yoki ITMning tegişliligi böyiça kafedralar, ilmiy bölim, ilmiy va innovatsiya işlari böyiça prorektorlar, ilmiy, ilmiy-texnik kengaşlar tomonidan olib boriladi.
Quyidagi hollarda loyihani amalga oşirilişi monitoring natijalariga köra loyihani moliyalaştiriş ilmiy kadr işlayotgan OTM yoki ITM taşabbusi bilan töxtatilişi lozim:
ilmiy kadr tomonidan loyiha işlari umuman va tegişli darajada bajarilmayotgan bölsa;
ilmiy-tadqiqot işlari jarayonida natijaga erişiş mumkin emasligi ma'lum bölsa;
ilmiy kadrga boğliq bölmagan holda tajriba-konstruktorlik va texnologiya işlarini bajariş jarayonida işni davom ettiriş mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi ma'lum bölsa.
Loyihani bajarilişi yakunlangandan söng qabul qiluvçi taşkilot va ilmiy kadr örtasida loyihani amalga oşiriş xarajatlari körsatilgan holda bajarilgan işlar dalolatnoma tuziladi.
Ilmiy kadr akademik harakatçanlik dasturi doirasida olib borilgan loyiha natijalari hisoboti OTM yoki ITMda muhokama qilingani haqidagi Ilmiy kengaş yiğilişi bayonnoma köçirmasi, ajratilgan mablağlarning işlatilgani böyiça OTM yoki ITM rahbari tomonidan tasdiqlangan hisobot Innovatsiya vazirligiga taqdim etiladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi