Jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyati Qumqörğon tuman sudining 2019 yil 30 yanvardagi hukmi bilan Ş.N., Ç.B. va D.U. Özbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya'ni qalbaki pul ötkazganligi uçun aybdor deb topildi.

ÖzA’ning yozişiça, surxondaryolik uç nafar şaxs – Ş.N., Ç.B. va D.U. özaro oldindan jinoiy til biriktirib, ötkaziş maqsadida yasalgan 50 ming sömlik kupyuradagi qalbaki pullarni Surxondaryo viloyati hududidagi bozorlar, savdo obektlari va boşqa joylarda ötkaziş maqsadini közlaydi. Ular 2018 yil 13 sentabr kuni, soat taxminan 10:30larda Qiziriq tumani “Obod yurt” mahallasida joylaşgan mol bozorida D.P.dan bir boş sigirni 5 million söm miqdoridagi qalbaki pul evaziga sotib oladilar. D.P.da şubha uyğotganligi sababli, bu haqida IIBga xodimlariga murojaat qilgan va qonunbuzarlar qölga olingan.

Sudda aniqlangan holatlarga köra, uşbu pul mablağlari Toşkent viloyatida işlab çiqarilgan (bu holat yuzasidan alohida jinoyat işi mavjud).

Sud sudlanuvçilarga nisbatan jazo tayinlaşda sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda hukm çiqardi. 

Jinoyat işi böyiça aşyoviy dalil sifatida e'tirof etilgan 184 dona 50 ming sömlik qalbaki kupyuralar yöq qilinişi belgilandi.