Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.

«Farğona vodiysida yillar davomida elektr energetikasi böyiça muammolar bor edi. Şu bois Töraqörğon tumanida zamonaviy texnologiyalar asosida issiqlik elektr stansiyasi qurilişi boşlangan edi. Quvvati 900 MVt bölgan uşbu stansiyaning işga tuşirilişi aholi va sanoat korxonalarini elektr energiyasiga bölgan talabini töliq qoplaşga xizmat qiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Loyihaning umumiy  qiymati 1 milliard 195 million AQŞ dollaridan ziyod bölib, u Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Özbekiston Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi va «Özbekenergo» AJ mablağlari asosida moliyalaştirilgan. Stansiya Yaponiyaning «Mitsubihi Corporation» va «Mitsubishi Hitachi Power Systems» konsorsumi tomonidan barpo etilmoqda.

Bugungi kungaça elektr energiyasini işlab çiqaradigan asosiy agregatlardan birinçi va ikkinçi blok transformatorlari, buğ-gaz trubinasi va boşqa texnologiyalar montaj qilingan. Taşqi kommunikatsiya işlari yakunlangan, içimlik suv tarmoği tortilgan. Obekt «Söx-Namangan» magistral gaz tarmoği orqali yonilği, Katta Namangan kanali orqali texnik suv bilan ta'minlanadi.

Stansiyaning birinçi buğ-gaz qurilmasi joriy yilning sentabr oyida, ikkinçisi dekabr oyida işga tuşirilişi rejalaştirilgan. Buning natijasida Farğona vodiysi iste'molçilari uçun 900 MVt qöşimça quvvat yoki yiliga 6,7 milliard kVt/soat elektr energiya işlab çiqariladi. 300 kişi iş bilan ta'minlanadi.

Eng muhimi, bu yerda işlab çiqarilgan elektr energiya tannarxi boşqa issiqlik elektr stansiyalarnikidan arzonligi bilan ajralib turadi. 

Davlatimiz rahbariga issiqlik elektr stansiyasida amalga oşirilgan işlar, obektning texnik-iqtisodiy körsatkiçlari haqida ma'lumot berildi. 

Prezident bu loyiha muhim strategik ahamiyatga ega ekanini, stansiya vodiy viloyatlarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltiriş va aholini işonçli elektr energiya bilan ta'minlaş imkonini berişini ta'kidladi. 

Issiqlik elektr stansiyasini muvaffaqiyatli işga tuşiriş va foydalaniş, buning uçun sohaga ixtisoslaşgan yuqori malakali kadrlar tayyorlaş böyiça körsatmalar berdi.