Yer bilan boğliq munosabatlarda yanada ayançli holat yer ajratiş tartibi buzilayotganida, deb hisoblaydi senator Turğun Iskandarov.

28 fevral kuni Oliy Majlis Senatining XVIII yalpi majlisida yer töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi masalalari körib çiqildi.

«Buning oqibatida qişloq xöjaligidagi suğoriladigan yerlar muomaladan çiqib ketmoqda. Bu esa son jihatdan ösib borayotgan aholini oziq-ovqat va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan ta'minlaşda jiddiy tahdid solmoqda», ​–​ deydi senator.

Prokuratura organlari tomonidan 2018 yilda ötkazilgan nazorat tadbirlarida bir ming 830 ta holatda mansabdor şaxslar tomonidan 30 ming 755 gektar yer maydonlari noqonuniy ajratilganligi aniqlangan.

Şu bois Jinoyat kodeksi yangi qonun bilan «Yer beriş tartibini buziş» deb nomlangan 229-4-modda bilan töldirilmoqda. 

Unga köra, yer beriş tartibini buziş, şunday harakat uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, eng kam oylik iş haqining bir yuz ellik baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga qöşimça kiritilmoqda. Kodeks 60-moddasi dispozitsiyasidagi «xuddi şuningdek yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş» degan sözlar çiqarib taşlanmoqda.

«Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks quyidagi mazmundagi ikkinçi va uçinçi qismlar bilan töldirilmoqda. Ya'ni, yer uçastkalarini özboşimçalik bilan egallab oliş, fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan ön beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – yigirma baravaridan öttiz baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi», ​–​ deydi senator.

Uşbu moddaning ikkinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinçi marotaba sodir qilgan şaxs, agar özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkasining qaytarilişini ta'minlasa hamda özboşimçalik bilan egallab olişning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.