Sönggi yillarda ekin, şu jumladan qişloq xöjaligidagi suğoriladigan yer maydonlarini hisobdan çiqariş holatlari ösişi kuzatilayotganini körsatdi, deb hisoblamoqda senator Turğun Iskandarov. 

Oliy Majlis Senatining XVIII yalpi majlisi kun tartibiga qöyilgan qonunga munosabat bildirgan senatorning aytişiça, yuqorida ta'kidlangan ösişning asosiy sabablari yer egalari, yerdan foydalanuvçilar va ijaraçilar tomonidan özboşimçalik va beparvolikka yöl qöyib kelayotganligidir.

«Bunday qonun buzilişi holatlari asosan yer maydonlari, şu jumladan qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni özboşimçalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilişlarga nisbatan egalik huquqini beriş şaklida yöl qöyilmoqda. Açinarlisi, bu kabi qonun buzilişi holatlari yuzasidan biror-bir şaxsning javobgarlik masalasi hal etilmasdan qolayotganidir», ​– deydi senator.

​Ta'kidlanişiça, faqat yer maydonlarini sotib, pora olganligi holati böyiça mansabdor şaxslarning Jinoyat kodeksi 210-moddasi va mansabdor bölmagan şaxslarning esa, Jinoyat kodeksi 168-moddasi bilan jinoiy javobgarlik masalasi hal etilgan.

Iskandarovning aytişiça, qonunçilikdagi uşbu böşliqdan aksariyat holatlarda fermer xöjaliklari rahbarlari foydalanib, fuqarolar bilan til biriktirgan holda yerlarni özboşimçalik bilan egallaş holatlari kuzatilmoqda. 

Prokuratura organlari tomonidan 2018 yilda ötkazilgan nazorat tadbirlarida 837 ta holatda jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan özboşimçalik bilan 331,1 gektar yer maydonlari egallab olinganligi aniqlangan bölsa-da, bunga yöl qöygan doimiy va ijara asosida yerlardan foydalanuvçi mansabdor şaxslarga nisbatan jinoyat qonunçiligida javobgarlik belgilanmaganligi sababli ularning qilmişlari jazosiz qolgan.

«Şu bois soha mutaxassislari, keng jamoatçilik fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan «Yer töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi 8 moddadan iborat qonun amaldagi Özbekiston Respublikasining 6 ta kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiriti​şni közda tutadi», – deydi senator öz nutqida.

​Amaldagi Jinoyat kodeksi 197-moddasida şu holat öz ifodasini topgan bölib, bu modda «Yer, yer osti boyliklaridan foydalaniş şartlarini yoki ularni muhofaza qiliş talablarini buziş» deb nomlanadi. Unga köra, yer, yer osti boyliklaridan foydalaniş şartlarini yoki ularni muhofaza qiliş talabalarini buziş oğir oqibatlarga sabab bölsa, eng kam oylik iş haqining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yuz oltmiş soatgaça majburiy jamoat işlari yoki uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.