Hududlarda çiqindi poligonlarini qurişga davlat budjetidan ajratilgan mablağlar talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda joriy yil 23 may kuni bölib ötgan Oliy Majlis Senati Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasining majlisida ma'lum qilindi.
Majlisda sözga çiqqan Senat a'zosi Turğun Iskandarov «Çiqindilar töğrisida» gi Özbekiston Respublikasi Qonunining hududlarda ijro etilişi yuzasidan ötkazilgan örganiş natijalarini bayon etdi.
Xususan, 2014–2018 yillarda sohaga jami 541 milliard 600 million söm davlat budjet mablağlari sarflangan bölib, şundan 129 milliard 300 million söm, ya'ni 24 foizi yangi poligonlarni quriş, mavjudlarini tartibga soliş va ularni maxsus texnika bilan jihozlaş işlariga ajratilgan.
Biroq, «Toza hudud» DUKning Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona, Xorazm, Andijon, Toşkent va Samarqand viloyatlari filiallarida budjet hamda boşqa mablağlarni maqsadsiz sarflaş holatlariga yöl qöyilgan. Misol uçun, Samarqand viloyati Jomboy, Bulunğur va Oqdaryo tumanlari hududida joylaşga poligonlarga kiriş yöllarini quriş uçun ajratilgan 135 million 600 ming söm miqdordagi mablağ talon-toroj qilingan.
Qolaversa, Qoraqalpoğiston Respublikasida ham çiqindi yiğiş poligonlari qurilişida 8 holatda jami 466 million söm mablağ uşbu maqsadga yönaltirilmagan.













