Senegalda ötgan prezident saylovlarida amaldagi prezident Maki Sall ğalaba qozondi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

Saylov komissiyasi hisob-kitoblariga köra, Sall saylovlarni 58,27 foiz ovoz bilan yutgan. Uning asosiy raqibi Idrissa Sek 20,5 foiz ovoz töplagan.

Muxolifat nomzodi bölgan Sek saylovlar natijalari böyiça bahslaşmasligini aytgan.

Maki Sall Senegalga 2012 yildan beri prezidentlik qiladi.