Temuriylar tarixi davlat muzeyining mobil ilovasi, 150 dan ortiq eksponatning QR-kodlari yaratildi, şu bilan birga muzey zalida interaktiv sensorli proyektorlar örnatildi. Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.
Özbekistonda muzeylar faoliyatini rivojlantiriş, muzey va u yerga keluvçi mehmonlarning özaro aloqalari bilan boğliq masalalarni hal qiliş muhim vazifalardan biri sifatida qayd etilmoqda. Muzey işida axborot tizimini şakllantiriş, muzeylarni kompyuterlaştiriş, ularni internet tarmoğiga ulaş, multimedia dasturlari va barça muzeylararo yagona axborot tizimini şakllantiriş orqali masofadan öqitiş texnologiyasini rivojlantiriş talab etilmoqda.
Prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi 3920-sonli respublikada madaniyat va san'atni innovatsion rivojlantiriş çora-tadbirlariga doir qarorida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mobil ilovasi, 150 dan ortiq eksponatlarining QR-kodlari yaratildi. Şu bilan birga, muzey zalida interaktiv sensorli proyektor örnatildi – unda muzeyning virtual körinişi, Amir Temur va temuriylar davri tarixiga bağişlangan multimedia namoyiş etilmoqda.
“Şu tariqa yangi axborot texnologiyalarini joriy etiş xalqimiz va sayyohlarga qulaylik yaratiş, tariximizni keng tarğib etiş, eksponatlar haqidagi ma'lumotlarni kengroq oçib berişda yordam beradi”, - deyiladi manbada.








