Nutqimiz taşqi körinişimiz va oliy öquv muassasalarining diplomlariga qaraganda köproq narsani sözlaydi.
Fikrlarni çiroyli va aniq bayon etiş, suhbatdoşni qiziqtira oliş – haqiqiy iste'dod.

Özingiz haqingizda faqat ijobiy sözlarni ayting
Bilingki, fikr va sözlaringiz hayotingizga ta'sir körsatadi. Ular siz bilan boğliq vaziyatlar, özingizni his qilişingiz, soğliğingiz va hatto farovonligingizning asosidir.
Özingizga qanday xususiyatlarni loyiq körsangiz (hatto hazil qilib ham), bu sizning obrazingiz soyasiga aylanib, işlaşni boşlaydi.
Ikkinçi muhim band – atrofdagilar siz tomondan tasvirlangan obrazga işonişni boşlaydilar va sizda aynan şunday mezonlar egasini köradilar. Şuning uçun faqat bunyodkor, ezgu narsalarni gapirişni odatga aylantiring. Hazil qilib bölsa ham özingizni urişiş, sökiş va laqablar öylab topişingiz mumkin emas.

Atrofdagilar haqida faqat ijobiy sözlang
Özgalarni ğiybat qiliş va ular haqida salbiy narsalarni sözlaşdan köra buzğunçi va befoyda odat bölmasa kerak. Bilingki, özgalarning xususiyatlari ustidan kulib, kimgadir baho berganingizda tez orada aynan şunday voqealar özingiz bilan sodir bölişni boşlaydi. Buni ilm-fanga asoslanib, tasvirlaşning iloji yöq.
Kimdir xato qilgan bölsa ham muhokama va qöpol sözlarga yöl qöymang. Siz gapirayotgan narsa birinçi navbatda sizni tasvirlaydi. Aynan sizning axloqiy rivojlanganingiz, komillik va şaxsiy sifatlar oşkor böladi.
Şuni bilingki, birinçi navbatda diqqatingizni tortib, jiğingizga tegayotgan narsalar – gapirayotgan kişining öziga xos. Şuning uçun özingizni qopqonga itarmang, yaxşisi jahlingizni çiqargan jihatlarga e'tibor bering va aynan şu mavzular ustida işlang.











