Hindiston hukumati Pokistonga dori işlab çiqarişda qöllanadigan materiallarni eksport qilişni noma'lum muddatga taqiqladi.
Pokistonning Samaa TV telekanalining xabar berişiça, Hindistondan Pokistonga xomaşyo olib çiqilişining taqiqlanişi Pokiston farmatsevtika sanoatiga yaqin 10 kun içida öz ta'sirini körsatişi mumkin. Pokiston farmatsevtika uyuşmasining ma'lum qilişiça, Pokistonda dori işlab çiqarilişida qöllanadigan xomaşyoning 40-50 foizi Hindistondan import qilinadi. Pokiston hukumati xomaşyo yetkazib beruvçi yangi hamkorlarni topişni buyurgan bölsa-da, importning bunday katta diversifikatsiyasi butun tarmoqqa kuçli zarba berişi mumkin.
Oxirgi kunlarda Hindiston va Pokiston örtasida keskinlik yangi kuç bilan avj olmoqda.











