Amsterdamliklar Madridda Çempionlar ligasining amaldagi ğoliblarini ojiz qoldirdi (4:1) va 1/4 finalga yöl oldi.

«Real» (Ispaniya) - «Ayaks» (Niderlandiya) - 1:4 (0:2)
Gollar: Ziyoş, 7 (0:1). Neres, 18 (0:2). Tadiç, 62 (0:3). Asensio, 70 (1:3). Şone, 72 (1:4).
«Real» (Ispaniya): Kurtua, Karvaxal, Naço, Varan, Regilon, Kroos, Kazemiro (Valverde, 87), Modriç, Vaskes (Beyl, 29), Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 35).
«Ayaks» (Niderlandiya): Onana, Mazraui (Feltman, 80), Blind, de Ligt, Talyafiko, van de Bek, Şone (de Vit, 73), de Yong, Ziyoş, Tadiç, Neres (Dolberg, 74).
Ogohlantirişlar: Mazraui, 26. Karvaxal, 30. Naço, 90+3.
Çetlatiş: Naço, 90+3.
Hakam: Brix (Germaniya).
5 mart. Madrid. «Santyago Bernabeu». 77,013
Birinçi öyin - 2:1

Haddan taşqari öziga işoniş
Uç hafta muqaddam «Real»da hammasi joyida edi. «Qaymoqranglilar» barça uç turnirda ham işonç bilan odimlamoqda edi: jamoa beş yil içida ilk marta Ispaniya Kubogiga çiqişga yaqin edi, jamoa kuzdan buyon ilk marta Ispaniya çempionatida ikkinçi öringa kötarilgandi, Çempionlar ligasining nimçorak finalidagi ilk öyinda «Ayaks» safarda 2:1 hisobida mağlub etilib, javob öyini oldidan yaxşi imkoniyat hosil qilingandi.

Lekin jamoa futbolçilari özlariga haddan oşiq işonib yuborişdi, Amsterdamdagi öyin yakunlanmay turib keyingi bosqiç masalasi hal qilingani haqida öylay boşlaşdi. Jamoa sardori «Ayaks»ga qarşi öyin oxirida Kasper Dolbergga qasddan fol işlatib, sariq kartoçka işladi va javob öyinida maydonga tuşmaslik orqali çorak finalgaça «tozalanib oliş»ni öyladi. Ammo öyindan keyin UYeFA bu holatni örganib çiqib, ispaniyalik himoyaçini ikki öyinga diskvalifikatsiya qildi.

Böşliq
Ammo uç hafta ötib barçasi özgarib ketdi. Bu vaqt içida «Real» «Santyago Bernabeu»da 3 bor maydonga tuşib, barçasida mağlub böldi. «Jirona»ga qarşi Ispaniya çempionati öyinidagi 1:2 hisobli mağlubiyat, Ispaniya Kubogi yarimfinalida va Ispaniya çempionati doirasida «Barselona»ga qarşi 0:3 va 0:1 hisobidagi mağlubiyatlardan keyin madridliklar Ispaniya Kubogini tark etdi, içki çempionatda çempion bölişdan umid uzdi. Endi barça umid faqat Çempionlar ligasidan edi. Ammo kutilmaganda bu orzu ham sarobga aylandi.