«Real» Çempionlar Ligasidagi iştirokini bu safar 1/8 finaldayoq yakunladi. Ha, futbol tarixidagi eng maşhur klub oxirgi yillarda «öziniki qilib olgan» musobaqani 1/8 finalda yakunlaşi katta sensatsiya böldi. «Ayaks»da yaxşi avlod şakllangani, har bir çiziqda ajoyib futbolçilar jamlangani bor gap, lekin «Real»ning Çempionlar Ligasida har qanday jamoaga yutqazişini sensatsiya deyiş mumkin. Axir Madrid oddiy jamoa emas, musobaqaning oxirgi uç mavsumdagi ğolibi! Quyida «Blankos»ning Yevropada örnatgan «hukmronligi» va uning qanday «qulagani» haqida mulohaza yuritsak.

12 yil kutilgan «desima»

Foto: Reuters

«Real» 2001/02 yilgi mavsumda Çempionlar Ligasida ğolib bölgaç, köhna qit'aning eng nufuzli musobaqasidagi sovrinlari sonini 9taga yetkazib olgandi. Turgan gapki, «Galaktikos» muxlislari keyingi mavsumdayoq sovrinlar soni 10taga yetişini va «desima»ni (ispança «öninçi») tezroq nişonlaşni orzu qila boşlaşdi. Biroq ular keyingi sovrinni 12 yil kutişga majbur böldilar. Bu orada Peres murabbiylikka kimlarni olib kelmadi deysiz.

2013 yilda «Blankos»ni ungaça ikki marta Çempionlar Ligasida ğolib bölgan Karlo Ançelotti qabul qilib oldi. «Papa Karlo» bilan Madrid nihoyat YeÇLdagi 10-sovrinni qölga kiritdi. Butun dunyodagi şarhlovçilar Ronaldu «Atletiko»ga qarşi finalda 4-golni urgaç, «Desima» deb hayqirişdi. Aynan öşa öyindan «Real»ning Yevropadagi gegemonligi boşlangandi. Orada «Barselona»dagi «uç muşketyorlar» porlaşini inobatga olmasak, albatta.

Özingdan çiqqan baloga...

Foto: Reuters

Uzoq kutilgan sovrinni qölga kiritgaç «qonning hidini sezgan» «Real» Çempionlar Ligasining 2014/15 yilgi mavsumini ham favorit sifatida boşladi. Biroq, yarim finalda «Real»ni öz futbolçisi töxtatib qoldi. Ha, gap Alvaro Morata haqida ketmoqda. «Real» yarimfinalda «Yuventus»ga duç keladi. Turinda «Yuve» 2:1 hisobida ğalaba qozonadi va gollardan biriga «Real»dan ijara asosida «Yuventus»ga ötgan Alvaro Morata mualliflik qiladi. Madridda ham «Real» özi uçun qulay 1:0 hisobida ğalaba qozonayotganda Morata yana gol urib, ötgan yil özi tarkibida YeÇL boş sovrinini boşi uzra kötargan «Real»ni yarim finalda qoldirib ketadi. Bu öyinlarni bejizga eslamayapmiz. Aynan 2014/15 yilgi mavsumda «Real» oxirgi marta Çempionlar Ligasida ğolib bölmagandi.