Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Venesuelaga «energetik urush» e'lon qilgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

Shu bilan birga, Maduroning bildirishicha, «Amerika imperializmi» Venesuela sobiq prezidenti Ugo Chaves «xalqi»ni yengib chiqishda muvaffaqiyat qozona olmaydi.

Maduro AQShning elektr energiyasidagi uzilishlarga aloqadorligi bo‘yicha hech qanday dalillarni keltirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo Yevropani Karakasga qarshi moliyaviy sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirgandi.