Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela AQSh ustidan BMT oliy komissariga shikoyat qilmoqchi
Venesuela aloqa va axborot vaziri Xorxe Rodrigesning xabar qilishicha, mamlakat BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bacheletga o‘z energetika tizimiga amalga oshirilgan hujum bo‘yicha shikoyat bilan chiqadi. Bu haqda Noticiero Digital xabar bermoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni elektr energiyasi ta'minotidagi uzilish haqida oldindan bilgan.
«Ular avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimiga kiberhujum amalga oshirishdi», - deya ma'lum qilgan Rodriges.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin vaqt ichida Bachelet Venesuelaga delegatsiya tarkibida keladi. Karakas unga o‘z nuqtai nazarini isbotlab beradigan dalillar taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo vahima haqida ma'lum qilgani, Pompeo Maduroni ayblagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026