Hindiston xavfsizlik kuçlari Rajaston ştatida mamlakat havo sarhadiga kirib kelgan Pokistonga qaraşli uçuvçisiz uçar qurilmani urib tuşirdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Hindustan Times gazetasi xabar berdi.

Naşrning ma'lumot berişiça, hodisa Ganganagar okrugida sodir bölgan. Naşr suhbatdoşlaridan birining aytişiça, bu Pokiston tomonidan uçinçi bor uçuvçisiz uçar qurilma jönatilişidir. Avvalroq Hindiston OAV 26 fevral va 4 mart kunlari harbiylar Pokiston dronlarini urib tuşirganini xabar qilgandi.

Hindiston va Pokiston örtasidagi keskinlik 14 fevralda Jammu va Kaşmirda hind harbiylariga hujum qilinganidan söng kuçayib ketdi. Uşbu hujum uçun javobgarlikni “Jaişi Muhammad” guruhi öz zimmasiga olgan.