Falastin rahbari Mahmud Abbos FATH harakati markaziy qömitasi a'zosi Muhammad Ştayyeni Falastin milliy muxtoriyatining yangi boş vaziri etib tayinladi. 

Abbosning FATH böyiça safdoşi Rami Hamdallaning örnini egallaydi.

Falastinning fuqarolik işlari böyiça vaziri Husayn al-Şayx ijtimoiy tarmoqlarda Ştayyeni yangi hukumatni şakllantirişga vakolat olgani bilan tabriklagan va unga omad tilab qolgan.

Yanvar oxirida Falastinning Hamdalla boşçiligidagi hukumati iste'foga çiqqandi. Abbos hukumat iste'fosini qabul qilgan va unga yangi vazirlar mahkamasi şakllantirilgungaça vazifalarini bajarib turişni topşirgan.