Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:

Vazirlar Mahkamasining "Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997 yil 11 dekabrdagi 548-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“1. Belgilansinki:

eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o‘rtacha naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar naqd pulni har kuni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar;

ko‘rsatilgan miqdordan kam naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshiradilar;

Vazirlar Mahkamasining “Iste'mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999 yil 19 martdagi 125-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

"2. Belgilansinki:

yuridik shaxslar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish qonunchilikka muvofiq naqd pulda yoki naqd pulsiz tartibda, shuningdek, bank korporativ kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda, o‘zaro hisob-kitoblar bitta shartnoma doirasida respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha naqd pulda nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi;

naqd pul tushumlari belgilangan tartibda inkassatsiya qilinadi (banklarga topshiriladi);

yuridik shaxslar - iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni chakana sotishni o‘z firma do‘konlari, shu jumladan ishlab chiqarish joyida tashkil etilgan o‘z firma do‘konlari yoki o‘zlariga tegishli bo‘lgan yoxud belgilangan tartibda ijaraga olingan turg‘un savdo shoxobchalari orqali, faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar bo‘yicha qabul qilish hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin”.

Vazirlar Mahkamasining “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas'uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2001 yil 22 iyundagi 264-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etildi: