Toşkentda 16-sentabr kuni baʼzi köçalarda transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi. Bunga kino tasvirga oliş işlari sabab sifatida körsatildi.

Çeklov soat 9:00 dan 16:00 gaça quyidagi hududlarda amal qiladi:

  • Zarafşon köçasi - Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining nazorat-ötkaziş punktidan Mustaqillik şohköçasigaça;

  • Istiqlol köçasi - Amir Temur şohköçasidan Buyuk Turon köçasigaça.

Haydovçilarga safar yönalişlarini oldindan rejalaştiriş va muqobil yöllardan foydalaniş tavsiya etildi.