O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 15 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma'qullangan.

Fuqarolarning reproduktiv salomatligi insonning jismoniy, aqliy va ijtimoiy jihatdan sog‘lomligi holati bo‘lib, bu holat uning bola tug‘ilishiga qodirligini belgilaydigan reproduktiv tizimi, ushbu tizimning funksiyalari, hayotiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash:

fuqarolarning reproduktiv salomatligi to‘g‘risida ishonchli va to‘liq axborot olishni;

homiladorlikni saqlab yurishni va bolaning asoratlarsiz hamda nuqsonlarsiz tug‘ilishini ta'minlaydigan, homiladorlik, tug‘ish va tug‘ishdan keyingi davrdagi tadbirlar, muolajalar hamda xizmatlarni;

reproduktiv tizim kasalliklarining oldini olishni va ularni davolashni;

jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklarning oldini olishni va ularni davolashni;

ehtimoldagi asoratlarning va reproduktiv tizim funksiyalari buzilishi oqibatlarining oldini olishga ko‘maklashgan holda homiladorlikni xavfsiz ravishda sun'iy to‘xtatishni;

kontratsepsiya usullari va ulardan foydalanish to‘g‘risida axborot olishni nazarda tutadi.

Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

reproduktiv muammolarni hal qilishda insonparvarlik;

reproduktiv salomatlikni saqlash sohasida erkaklar va ayollarning tengligi;

fuqaroning shaxsiy hayotiga aralashmaslik, shaxsiy va oilaviy sirning saqlanishi;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi tibbiy xizmatlardan foydalanishni ta'minlash va ularning sifati;

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash bo‘yicha xizmatlarning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini ta'minlash.

Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;