11 mart kuni start olgan Hasharweek ekohaftaligi doirasida Toşkent fotosuratlar uyida Habitat (ingliz tilidan «muhit») körgazmasi iş boşladi.


Körgazmada insoniyat öz qöli bilan yaratgan iflos muhit öta original tarzda yoritilganiga guvoh böliş mumkin, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Nuriddin Rasulov, Diyor Roziqov, Şarifa Şarafxöjayeva, Oksana Danilevskaya, Tatyana Fadeyeva, Sanjar Jabborov muallifligidagi suratlar va artefaktlarda siz-u biz yaşayotgan muhitning közga körinmaydigan tomonlari aksllantirilgan.
Çor-atrofni «egallab olgan» polietilen paketlar va plastik mahsulotlarning zarari körgazmada turli rakurslarda tasvirlanganini köriş mumkin.
Insoniyatga global xavf solayotgan çiqindi muammosiga keng jamoatçilik e'tiborini qaratiş maqsadida taşkil etilayotgan Hasharweek haftaligi boşlanganligi haqida xabar berilgan edi. Joriy haftada davom etadigan loyihada qiziqarli tadbirlar ötkazilişi kun tartibiga kiritilgan. Xususan:
Harakatlar #HasharWeekGo:
– barça taşkilotlar, muassasalar guruh tarzida yoki fuqarolar yakka tartibda çiqindilarni plastik, qoğoz, şişaga ajratib saralaşlari va maxsus punktlarga topşirişlari mumkin. Buning uçun hasharweek.uz saytidan mobil ilovani yuklab oliş, röyxatdan ötiş hamda poytaxt böylab mavjud 21ta çiqindi qabul punkti haqida ma'lumot olib, öz hududidagi punktga topşiriş kerak böladi.

Ma'rifat #HasharWeekTalk:
– poytaxtdagi 22ta maktabda interfaol tarzda oçiq darslar ötkaziladi;






















