Yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash, ko‘rsatilayotgan transport xizmati sifatini yanada yaxshilash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati tomonidan jamiyat tarkibidagi avtosaroylar tomonidan yo‘nalishlarga chiqarilayotgan avtobuslarning texnik hamda sanitariya holati yanada qat'iy nazoratga olinmoqda.

Jamiyat xabarida aytilishcha, rahbariyat boshchiligidagi maxsus guruhlar erta tongdan avtosaroylarda bo‘lib, yo‘nalishlarga chiqarilayotgan avtobuslarni har taraflama ko‘zdan kechirgan.

Xususan, joriy yil 11 mart kuni tongda bir qator avtobus saroylarida monitoring o‘tkazildi. Mazkur jarayonda bir necha salbiy holatlar aniqlandi.

Xususan, 12-avtosaroydan yo‘nalishlarga chiqarilayotgan bir nechta avtobusning sanitariya va texnik holati talab darajasida bo‘lmaganligi sabab yo‘nalishga chiqishdan to‘xtatilgan.

Bunday holatga bee'tibor bo‘lgani uchun mas'ul navbatchi muhandis mexanik ishdan bo‘shatildi. Korxona bosh muhandisiga esa hayfsan e'lon qilindi, deyiladi xabarda.