O‘zbekiston | 10:24 / 13.03.2019
37113
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobilda yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda yo‘lovchi va yuk tashishni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Xususan, avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Ijro muddati - 2019 yil 1 avgustgacha, mas'ul ijrochilar - IIB (Bobojonov), Transport vazirligi (Mahkamov).

Shuningdek, jamoatchilik kuzatuvi mexanizmlaridan foydalangan holda avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Bu boradagi tegishli tashkiliy tadbirlar 2019 yil 1 sentyabrgacha ishlab chiqiladi. Mas'ul ijrochilar - Transport vazirligi (Mahkamov), IIV (Bobojonov).

Bundan oldin, yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid