O‘zbekiston | 11:06 / 08.03.2019
34997
1 daqiqa o‘qiladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi

Foto: Getty Images / Wilfried Krecichwost

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjatda aytilishicha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bir oy muddatda:

Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ruxsat berish tartibotlarini soddalashtirish va minimallashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini berish haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Hozirgi kunda faqat yuridik shaxslar ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

Bundan oldin, taksilar «To‘xtash taqiqlangan» belgisi amal qiluvchi joyda to‘xtashi mumkin bo‘lishi xabar berilgandi.

Shuningdek, Toshkentda qonuniy asosda ishlovchi taksilar soni ma'lum qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid