Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 42-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 42-moddasiga (Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi mumkin:
sanksiyadagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:46 / 11.06.2026
Noqonuniy qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
10:53 / 12.03.2026