Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: jamiyatimizni adolatga ishontirmoqchi bo‘lsak, avvalo, xotin-qizlarning ishonchini qozonishimiz, ularni asrashimiz kerak
Prezident Navoiy shahridagi 3-sonli ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yerda yaratilgan sharoitlar, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Davlat rahbari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar bilan muloqotda ayollarning turmush sharoitlarini o‘rganib borish, dard-u tashvishlariga ko‘mak berish zarurligini ta'kidladi.
- Agar jamiyatimizni adolatga ishontirmoqchi bo‘lsak, avvalo, xotin-qizlarning ishonchini qozonishimiz, ularni asrashimiz kerak. Ayolning yashash tarzi, dunyoqarashi oila muhitini belgilaydi. Bu farzandlar tarbiyasi uchun juda muhim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident ichki ishlar bo‘limidagi situatsion markazni ko‘zdan kechirdi. Jamoat xavfsizligini ta'minlashga ixtisoslashgan dasturiy mahsulotlar yaratish, jinoyatchilikni turlari bo‘yicha tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuning bilan Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Mavzuga oid
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026
Shavkat Mirziyoyev va Toni Bler hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi
21:07 / 25.06.2026