2019 yil 13 martdan boşlab Qozoğistonda SCAT aviakompaniyasining Boeing 737 MAX samolyotidan foydalaniş vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Tengrinews Qozoğiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasi qömitasiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, bunday turdagi faqat bitta havo kemasi Qozoğistondagi reyestrda röyxatdan ötkazilgan.
Öz navbatida, Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi taşkiloti - ICAO bunday xatti-harakatni hukumat huquqi, deb atagan.
«ICAO hozirda mavjud bölgan çeklangan ma'lumotlar şaroitida parvozlar xavfsizligini ta'minlaş uçun 737 Max 8’dan foydalaniş böyiça şoşilinç çoralar köriş hukumatning huquqi ekanini tan oladi», - deya ma'lum qildi taşkilot vakili Entoni Filbin RIA Novosti’ga.
Uning sözlariga köra, Efiopiyadagi «aviahalokat haqida yakuniy hisobot e'lon qilinişi bilan ICAO halokatning rasmiy sabablarini tahlil qiladi hamda tavsiyalarni körib çiqadi». Şu bilan birga, ICAO’dan ta'kidlanişiça, parvozlarni taqiqlaş yoki çeklaş haqidagi qaror alohida mamlakatlar tomonidan mustaqil qabul qilinadi va taşkilotning vakolatiga kirmaydi.
Bundan oldin, AQŞ Boeing 737 MAX 8 parvozlarini taqiqlamaslikka qaror qilgandi.













