Qarz tan olinsa - sudsiz undirib olinadi. Soliq kodeksida ana şunday mexanizmni nazarda tutiş taklif etilmoqda. Qonun loyihasi muhokama qilinyapti, deb yozadi Norma.
 
Ayni paytda undiruvni soliq tölovçining mol-mulkiga qaratiş soliq organlarining da'vo arizasi asosida sud tartibida amalga oşiriladi (Soliq kodeksining 65-moddasi). Davlat soliq qömitasi soliq organlarining qarori asosida, ya'ni suddan taşqari tartibda undiriş imkonini beruvçi tuzatişlar kiritişni taklif etmoqda.
 
Buning uçun quyidagi şartlarni bajariş majburiy sanaladi:

• soliq tölovçi soliq qarzini yozma ravişda tan olişi, uni ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat şaklida taqdim etiş mumkin;
• soliq tölovçi undiruv uning mol-mulkiga qaratilişi haqida ogohlantirilişi.
 
Qarorni soliq organining rahbari imzolaydi, u gerbli muhr bilan tasdiqlanadi. Hujjatning nusxasi u çiqarilgan kundan boşlab 2 iş kunidan oşmagan muddatda soliq tölovçiga tilxat olgan holda taqdim etilişi yoki poçta orqali (taqdim etilganligi haqida bildirişnoma berilgan buyurtma xat bilan) yöllanişi kerak böladi.
 
Qaror taqdim etilgandan keyin 10 kun ötgaç kuçga kiradi, şundan söng 3 iş kuni içida davlat ijroçisiga majburiy ijro etiş uçun yuboriladi. Bunda ham ERI qöyilgan elektron hujjatni rasmiylaştirişga va idoralararo hamkorlik axborot tizimlaridan foydalanişga yöl qöyiladi.
 
Qarorga quyidagi hujjatlar ilova qilinişi şart:

• soliq qarzini uziş töğrisidagi talabnoma nusxasi, talabnoma soliq tölovçiga taqdim etilganligi (yöllangani) dalili ilova qilingan holda;
• soliq tölovçining soliq qarzi summasini tan oliş töğrisidagi xati nusxasi;
• soliq tölovçiga qaror nusxasi taqdim etilganligini tasdiqlovçi hujjat.
 
Eslatib ötamiz, undiruvni soliq tölovçilarning mol-mulkiga qaratiş uçun soliq qarzining eng kam miqdorlari belgilangan:

• Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaş majburiyati zimmasiga yuklangan yuridik şaxslar va ularning alohida bölinmalari – 4 054 600 söm;