O‘zbekiston | 14:06 / 14.03.2019
16839
2 daqiqa o‘qiladi

1 sentyabrdan boshlab yo‘llarda og‘irlik va gabarit nazorati shoxobchalari paydo bo‘ladi

Foto: kordon.in.ua

O‘zbekistonda og‘irlik va gabarit nazorati tizimi paydo bo‘ladi. Bu haqda prezidentning “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan.

Xususan, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab avtomobil yo‘llarida og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar hamda ko‘chma shoxobchalarni tashkil etish tartibi joriy etiladi. Bu shoxobchalar transport vositalarining og‘irlik va gabarit parametrlarini aniqlash uchun avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlanadi.

Bunday shoxobchalar, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Transport vazirligi 2019 yil 1 avgustga qadar avtomobil yo‘llarida davlat-xususiy sheriklik obektlari ro‘yxatini, reglamentni va investorlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tanlab olish mexanizmini nazarda tutuvchi og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha maxsus punktlarni tashkil etish yuzasidan faoliyatni amalga oshirish tartibini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
 
Bundan oldin, yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid