Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi turistik yöllanma (vauçer) namunaviy şakli loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, turistik yöllanma (vauçer) – turistning yoki turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvçi turistik xizmatlarga bölgan huquqini belgilovçi va bunday xizmatlar körsatilganligini tasdiqlovçi hujjat («Turizm töğrisida»gi Qonunning 13-moddasi).

U şu jumladan quyidagi körinişdagi imtiyozlarni qöllaş nuqtai nazaridan muhim:

 Soliq kodeksining 208-moddasi 15-bandiga muvofiq, turistik-ekskursiya xizmatlarini realizatsiya qiliş oborotini QQSdan ozod etiş;
• 7.02.2018 yildagi PQ–3514-son qarorning 8-bandiga muvofiq, jismoniy şaxslarning soliq solinadigan daromadlarini Özbekiston böylab turistik yöllanmalarni turizm sohasida faoliyat körsatiş böyiça litsenziyaga ega bölgan sub'yektlardan sotib olişga yönaltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriş.

Taqdim etilgan namunada turistik faoliyat sub'yekti töğrisidagi ma'lumotlar (nomi, litsenziyasi, rekvizitlari), agent (ma'lumotlar va telefon raqami), turist yoki turistlar guruhi (ismi va mamlakati, keliş/ketiş sanalari va Özbekistonda böliş muddati), şuningdek kiritilgan xizmatlar röyxati (yaşaş, ovqatlaniş, transport, ekskursiya va boşqa xizmatlar) böladi. Vauçerda berilgan sanasi va imzo, şuningdek uning ajralmas qismi bölgan şartnomaga (turistik xizmatlar körsatiş) havola bölişi kerak.

Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.