Yangi Zelandiyada sodir etilgan terrorchilik harakatining ehtimoliy ijrochisi ikki marta Turkiyada bo‘lgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an aytdi, deb xabar berdi Anadolu.

"Yangi Zelandiyadagi terakt ijrochisi ikki marta Turkiyaga kelgan. Uning Turkiyadagi aloqalarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda", - degan Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, "terrorchilar hattoki Yangi Zelandiyada ham turk xalqining birdamligi va o‘z qadriyatlariga sodiqligiga toqat qila olishmayapti". 

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan teraktda 4 nafar qurollangan shaxs masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Oqibatda 50 kishi halok bo‘lgan.