FIFA 2018 yilda Rossiyada ötkazilgan jahon çempionatidan 5,3 mlrd dollar işlab oldi. Bu haqda FIFAning moliyaviy hisobotida ma'lum qilingan.

Hisobotning tuzilişida 2015 yildan 2018 yilgaça bölgan davr hisobga olingan, unga bu vaqt içida barça toifalar – televizion huquqlar, marketing huquqi, litsenziyalaş, çiptalar sotişdan olingan daromadlar kirgan va jahon çempionati bilan bevosita boğliq bölmagan toifalar ham e'tiborga olingan. FIFA 3 yillik sikl davomida 6,4 mlrd dollar işlab topgan, bu qiymatdan 83 foizini Rossiyadagi jahon çempionati keltirgan.

Jahon çempionatiga investitsiyalar hajmi 1,8 mlrd dollarni taşkil qilgan. Şu tariqa FIFAning sof daromadi 3,5 mlrd dollardan köproqni taşkil qilgan. Rossiyadagi jahon çempionati, şuningdek, FIFA tarixidagi eng serdaromadi böldi.          

JÇ-2018 öyinlariga taşrif buyurgan tomoşabinlar umumiy soni 3 mlndan köproqni taşkil qilgan.