Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yovuzlik namunasi» – Muhammad Saloh Yangi Zelandiyadagi teraktga munosabat bildirdi
Musulmon olamining eng mashhur vakillaridan bo‘lgan «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Yangi Zelandiyadagi teraktlarga o‘z munosabatini bildirar ekan, bu voqealarga «Yovuzlik namunasi» deb baho berdi.
«Yangi Zelandiyadan dahshatli xabarlar tarqalmoqda. Hech qanday aybi bo‘lmagan qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildiraman. Bu haqiqiy yovuzlik namunasi bo‘ldi»,- deb yozadi Saloh tvitterdagi sahifasida.
15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida sodir etilgan teraktda 4 nafar qurollangan shaxs masjid ichiga kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘q uzgan. Oqibatda 50 kishi halok bo‘lgan.