Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegişli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil fevral oyi yakunlari böyiça jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e'lon qildi.
Özbekiston öz pozitsiyasini biroz yaxşilagan, ammo hali ham quyi örinlarda:
mamlakat mobil internet tezligi böyiça ikki pozitsiyaga kötarildi va 8,75 Mbit/s. tezlik bilan 126-örinni egalladi;
simli internet tezligi böyiça 11,68 Mbit/s. tezlik bilan 177 davlat orasida 130-örindan joy oldi.
Norvegiya (67,34 Mbit/s.) mobil internet tezligi, Singapur (195,36 Mbit/s.) simli internet tezligi böyiça birinçi örinni egallagan.
Speedtest servisdan öz ulanişi tezligini tekşirişda foydalanuvçi şaxslardan olingan ma'lumotlar asosida tezlikni hisoblab çiqaradi hamda reytingni şakllantiradi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston yanvar oyi yakunlari böyiça internet tezligi reytingida keskin pastlagandi.








