«Barselona» yetakchisi Lionel Messi klub safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha La Liga doirasidagi «Betis»ga qarshi kechgan bahs (4:1) Messi uchun «Barsa» libosida barcha musobaqalar doirasidagi 674-o‘yin bo‘ldi. Natijada u gvardiyachilar ro‘yxatida Andres Inestaga yetib oldi. Faqatgina Xavi hisobida 767ta uchrashuv bo‘lgani holda ikkala futbolchidan oldinda bormoqda.
😍🐐 Today's game matches Leo #Messi with @andresiniesta8 for all-time appearances for Barça in official matches 👏 Congratulations! 👏 #BetisBarça pic.twitter.com/W7mdoYahOX
— FC Barcelona (@FCBarcelona) March 17, 2019
Shu bilan birga, kecha Messi g‘alabali o‘yinlar soni bo‘yicha Xavini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklar uning ishtirokidagi 477ta uchrashuvda g‘alaba qozonishgan, Xavida esa bu ko‘rsatkich 476tani tashkil etadi.
4⃣7⃣7⃣ A new club record for the number of wins in a Barça shirt!
— FC Barcelona (@FCBarcelona) March 17, 2019
⚽⚽⚽ And he does it by scoring a hat-trick!
👏👏👏 Messi, you BEAUTY! pic.twitter.com/pGgBCDCSev
Eslatib o‘tamiz, Leo Sevilyadagi o‘yindagi bu natijalarini het-trik bilan nishonladi, yana bir golga Luis Suares muallif bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, argentinalik futbolchi kuni kecha klubining Chempionlar ligasidagi gvardiyachilari ro‘yxatida ham 2-o‘ringa chiqib olgan edi.
















