Joriy yilning yanvar-fevral oyida import hajmi 3,35 mlrd dollarga (ösiş sur'ati 30,3%) teng böldi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qömitasi.
Import tarkibida eng katta uluş maşina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga töğri keldi.
2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar yanvar-fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 1,67 mlrd dollarga köp import qilindi va 3,35 mlrd dollarni taşkil etdi.
Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga köra, 2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida import qilingan tovarlar hajmi, ötgan yilning mos davriga nisbatan 764,3 mln dollarga köp import qilindi va 3,04 mlrd dollarni taşkil etdi. Xizmatlar importi esa 314,2 mln dollarga yetgan.
2019 yilning yanvar-fevral oyida respublikaga 124dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oşirilgan. Şulardan 5ta eng yirik bölgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozoğiston va Turkiyadan jami import hajmi 2,20 mlrd dollarga teng. Bu esa umumiy import hajmining 65,7%ini taşkil qiladi.
Xizmatlar importi hajmi 314,2 mln dollarni yoki jami import hajmining 9,4%ini taşkil etdi va ötgan yilning şu davriga nisbatan 5,1%ga ösdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy uluşi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat böldi.
Bundan oldin, tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy hamda Rossiyaga eksport qilinayotgani xabar berilgandi.












