Taniqli hind dizayneri, şaxsiy brend asosçisi Ritu Beri Özbekistonning Hindistondagi madaniyat turizmi elçisi etib tayinlandi. Bu haqida Dehli şahrida bölib ötgan "Özbek musiqa va modasi festivali" doirasida ma'lum qilindi. Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari Kun.uz'ga şu haqida xabar berişdi.
Ritu Berini Hindistonda köpinça "Moda malikasi", "Hindiston modasi biriniçi xonimi" deya e'tirof etişadi. U Parijda öz kolleksiyasini namoyiş qilgan birinçi hind dizayneri hisoblanadi.

Jahonga maşhur kino yulduzlari Nikol Kidman, Letitsiya Kasta, Madxuri Diksit kabilar Ritu Berining liboslarida namoyon bölişadi.
Ritu Beri şuningdek kreativlik va innovatsiyalar tarğiboti bilan şuğullanuvçi The Luxury League notijorat taşkilotining asosçisi ham hisoblanadi.
Dehlida ötgan özbek musiqasi va modasi festivalida Ritu Beri öz liboslar kolleksiyasi bilan iştirok etdi. Liboslar tadbir uçun maxsus işlangan bölib, ularda özbek ikatining yorqin an'anaviy elementlari mavjud.
Tadbir doirasida Özbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elçisi Farhod Arziyev Ritu Beruni Özbekistonning Hindistondagi madaniyat turizmi elçisi etib tayinlanişi haqida e'lon qildi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining rasmiy sertifikati va esdalik sovğasini dizaynerga topşirildi.

Ritu Beri Özbekiston tomonga bunday yuksak işonç uçun katta minnatdorçilik bildirdi. Şu örinda u özining Özbekistonga qilgan safarini yodga olib, mamlakatning turizm va madaniyat sohasidagi noyob salohiyati haqida sözladi. Dizayner Hindistonda Özbekistonning madaniy va turistik salohiyatini tarğib qiliş uçun astoydil harakat qilişini ta'kidladi.
Beri özbek madaniy-tarixiy merosiga juda qiziqişini alohida qayd etib, Özbekiston va Hindistonning madaniy yaqinligi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaşda muhim omil bölib xizmat qilişini ta'kidladi. U şuningdek bugungi kunda Özbekiston hind oilalari uçun eng maşhur turistik yönalişlardan biri hisoblanişini aytib, barçani Özbekistonga sayohat qilişga çorladi.













