21 va 22 mart kunlari Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab avtotransport harakati to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar va xalq sayillari o‘tkazilishi munosabati bilan 21 va 22 mart kunlari Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab avtotransport harakati to‘xtatiladi.
“Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun poytaxt ma'muriyati uzr so‘raydi!” - deyiladi hokimlik xabarida.










