Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi Lutfiy köçasining 2,4 kilometrlik qismida mikromobillik vositalari uçun alohida harakatlaniş yölagini sinovdan ötkazdi.
Yölak velosipedlar, elektrosamokatlar, elektroskuterlar va boşqa mikromobillik vositalari uçun möljallangan.
Markaz maʼlumotiga köra, şaxsiy mikromobillik vositalari va yetkazib beriş xizmatlaridan foydalanuvçilar soni ortib bormoqda. Ular uçun alohida infratuzilma bölmagan holatda foydalanuvçilar qatnov qismida avtomobillar, trotuarlarda esa piyodalar bilan bir makonda harakatlanişga majbur böladi.
Turli tezlikda harakatlanuvçi oqimlarni ajratiş maqsadida taşkil etilgan yangi yölak transport va piyodalar yönalişlarining özaro kesişişini kamaytirişga xizmat qiladi.
Rasmiy maʼlumotda Lutfiy köçasidagi pilot loyiha ijobiy natija körsatgani taʼkidlangan. Yangi yeçim foydalanuvçilar uçun qulay va tuşunarli bölib, şahar şaroitida mikromobillik uçun alohida infratuzilma yaratiş imkoniyatlarini baholaşga yordam bergan.
Kelgusida bunday yölaklarning xavfsizligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Yöl şaroitidan kelib çiqib, ularni avtomobillar harakatidan maxsus delineatorlar, ajratuvçi va boşqa himoya vositalari yordamida jismonan ajratiş rejalaştirilmoqda.
Bu mikromobillik vositalari foydalanuvçilari uçun xavfsiz muhit yaratiş va ularning transport oqimi bilan töqnaşiş xavfini kamaytirişga qaratilgan.
Loyihadan közlangan maqsad avtomobillar qatnov qismida, piyodalar trotuarda, velosiped va boşqa mikromobillik vositalari esa alohida xavfsiz yölakda harakatlanadigan tizimni şakllantirişdan iborat.
Sinov natijalariga köra, Markaz mutaxassislari ayni paytda poytaxtning şunday yeçimni qöllaş mumkin bölgan boşqa köça va hududlarini ham örganmoqda.
Lutfiy köçasida orttirilgan tajriba Toşkentda mikromobillik infratuzilmasini bosqiçma-bosqiç rivojlantirişda qöllanişi rejalaştirilgan.











