25 martdan boshlab Toshkentda issiq suvni rejalashtirilgan tarzda o‘chirish boshlanadi, deya xabar beradi «Toshissiqquvati» matbuot xizmati.

Xususan, 2019-2020 yilgi isitish mavsumiga Toshkentda sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida:

- 25 martdan 5 aprelgacha issiqlik tarmoqlarida iste'molchilarni issiq suv bo‘yicha cheklash orqali hisoblash haroratiga sinovlar o‘tkaziladi;

- 3 apreldan 26 aprelgacha issiqlik tarmoqlarida iste'molchilarini issiq suv bo‘yicha cheklamagan holda mexanik chidamlik va zichlik (yuqori bosim) tekshiriladi.

«E'tiboringizni issiqlik tarmoqlari quvurlariga zarar yetishi mumkinligiga qaratamiz. Yo‘lning qatnov qismlari va yo‘laklarga issiq suv chiqarib tashlanishi mumkin, haydovchilar va piyodalar, ma'muriy va turar-joy binolaridagi kishilar e'tiborli bo‘lishi talab qilinadi», - deyiladi «Toshissiqquvati» xabarida.

O‘chirilish jadvali:

- IM-1 - 15 apreldan 19 aprelgacha;

- IM-2 - 29 apreldan 3 maygacha;

- IM-3 - 29 apreldan 3 maygacha;

- IM-4 - 8 apreldan 12 aprelgacha;

- IM-5 - 15 apreldan 19 aprelgacha;

- IM-6 - 29 apreldan - 3 maygacha;

- IM-7 - 13 maydan 17 maygacha;

- IM-8 - 8 apreldan 12 aprelgacha;

- «Suvsoz» - 8 apreldan 12 aprelgacha;

- «Sanoatenergo» - 15 apreldan 19 aprelgacha;

- ToshIEM M-0 - 13 maydan 17 maygacha;

- ToshIEM M-5, 8 - 20 maydan 24 maygacha.

Issiqlik markazlarining yo‘nalishlari bo‘yicha

IM-1 (M-1, 4)

Mustakillik shohko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, Oqqo‘rg‘on 1-ko‘cha, Osiyo, L. Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘cha, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-proyezd, Chust, Sayram 7-proyezd, Katta Darxon, Katta Darxan 2-proyezd, Geologiya, I. Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Ozodlik, Katta halqa yo‘li, Tamaraxonim proyezdi, Toshselmash, Mavlono Riyoziy, Yalang‘och, Bo‘z dahalari, Bo‘z-1, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.