Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga davlat taşrifini amalga oşiradi. Taşrif davomida davlat rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari, şuningdek, “Markaziy Osiyo – Koreya” formatidagi birinçi sammit ham bölib ötadi.

Koreya hukumati xabariga köra, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Koreya prezidenti Li Çje Myon muzokaralari 14-sentabrga belgilangan.

Li Çje Myon 15-sentabr kuni Qozoğiston va Turkmaniston prezidentlari bilan, 16-sentabrda esa Tojikiston va Qirğiziston prezidentlari bilan ham ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.

Özbekiston, Qozoğiston va Turkmaniston rahbarlarining taşrifi davlat taşrifi, Tojikiston va Qirğiziston rahbarlarining taşrifi esa rasmiy taşrif maqomiga ega.

16-sentabr kuni “Markaziy Osiyo – Koreya” birinçi sammiti bölib ötadi. Koreya tomoni bu tadbirni xalqaro vaziyat noaniq bölib turgan şaroitda strategik ahamiyati ortib borayotgan Markaziy Osiyo mintaqasi bilan diplomatik hamkorlikni kengaytirişda muhim qadam sifatida baholamoqda.

Sammit yakunida “Seul deklaratsiyasi” qabul qilinişi va uzoq muddatli hamkorlik böyiça umumiy qaraşlarni belgilaş rejalaştirilgan.

Şu tariqa, 2007-yilda taşkil etilgan “Markaziy Osiyo – Koreya” hamkorlik forumi doirasida vazirlar darajasida olib borilgan hamkorlik davlat rahbarlari darajasiga kötariladi.

Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari “Markaziy Osiyo – Koreya” biznes sammitida ham iştirok etadi. Unda hukumat va biznes vakillaridan iborat qariyb 500 kişi qatnaşişi kutilmoqda.

Maʼlum qilinişiça, Koreya hukumati sammit va ikki tomonlama muzokaralar orqali Markaziy Osiyoning muhim mineral resurslari hamda energetika salohiyatini Janubiy Koreyaning qidiruv va qayta işlaş texnologiyalari bilan boğlaş, şuningdek, infratuzilma, sanoat va boşqa sohalarda koreys kompaniyalarining mintaqaga kirib borişi uçun imkoniyatlarni kengaytirişni rejalaştirmoqda.

Markaziy Osiyoga koreys diasporasi kelib joylaşganiga kelasi yil 90 yil tölişi munosabati bilan, koryo-saramlarning tarixiy hissasini yodga oliş, koreys tili va madaniyati, yoşlar hamda kadrlar almaşinuvi böyiça dasturlarni kengaytiriş masalalariga ham eʼtibor qaratiladi.