Xitoy elektron texnologiyalar korporatsiyasi (CETC) iştirokida tayyorlangan maqolada mamlakatda dronlar tödasi texnologiyalarini rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari bayon qilingan.

CETCning Intellektual texnologiyalar instituti mutaxassislari dronlar tödasini şunçaki bir vaqtning özida harakatlanadigan köp sonli uçuvçisiz apparatlar sifatida emas, balki taqsimlangan yagona tizim sifatida körmoqda.

Bunday tizimda alohida apparatlar özaro maʼlumot almaşadi, harakatlarini muvofiqlaştiradi va mahalliy vaziyatdan kelib çiqib mustaqil qarorlar qabul qiladi.

Xitoy hozirning özida bir xil turdagi köplab dronlardan taşkil topgan tödalarni yaratişda sezilarli natijalarga erişgan. CETC maʼlumotlariga köra, bunday tizimlar markazlaştirilmagan tarmoq tuziş, uni vaziyatga qarab qayta şakllantiriş va moslaşuvçan algoritmlardan foydalaniş imkoniyatini namoyiş qilgan.

Bu esa ayrim dronlar işdan çiqsa, aloqa uzilsa yoki radioelektron xalaqitlar yuzaga kelsa ham butun tizimga işni davom ettiriş imkonini beradi.

Dronlar mustaqil qaror qabul qilişi mumkin

CETC mutaxassislari dronlar tödasining jangovar samaradorligini belgilaydigan beşta asosiy xususiyatni ajratib körsatgan. Bular - yaşovçanlik, vaziyatdan xabardorlik, rejalaştiriş va qaror qabul qiliş, vazifalarni bajariş hamda mustaqil örganiş va rivojlaniş qobiliyati.

Ayni paytda Xitoy uşbu yönalişlarning bir qismida yetarliça rivojlangan texnologiyalarga ega ekani qayd etilgan. Biroq turli xil uçuvçisiz apparatlarni bir vaqtning özida havo, quruqlik va dengizda harakatlantiriş ança murakkab vazifa bölib qolmoqda.

Dronlar tödasining muhim afzalliklaridan biri - köplab apparatlardan kelayotgan maʼlumotlarni birlaştira olişidir. Bir neçta dronning kuzatuv maʼlumotlarini umumlaştiriş orqali alohida apparatning texnik imkoniyatlaridagi çeklovlarni qisman bartaraf etiş mumkin.

Bunday töda nişonlarni mustaqil ravişda qidirişi, niqoblangan obyektlarni aniqlaşi, ularning joylaşuvini belgilaşi va bir vaqtning özida atrofdagi vaziyatning yaxlit manzarasini şakllantirişi mumkin.

Biroq kiçik va yaxşi yaşirilgan obyektlarni kuçli radioelektron taʼsir va şovqin şaroitida aniqlaş hamon qiyin vazifa bölib qolmoqda.