Bugun dunyo aholisining katta qismi öz vaqtida uxlamaslik ortidan kelib çiqadigan xastaliklardan aziyat çekmoqda. Normal 8 soatlik uyqu miqdori kamayib borayotganligi ham heç kimga sir emas.
Odatda, bu kabi muammodan qariyalar aziyat çekişadi. Lekin hayot şiddati oşib boravergani sari kasallik yoşarib boryapti. Xöş, biz nima uçun xotirjam uxlolmayapmiz? Sabablari nimada? Davo yöllari bormi?
Uyquni nevrologiyaning alohida yönalişi bölgan somnologiya fan sohasi böyiça örganadi. Somnolog-şifokorlar inson uyqusi böyiça tadqiqot olib borişadi va uyqusizlik bilan boğliq kasalliklarni aniqlab, davolaşadi. Somnologiya hozirgi vaqtda jadallik bilan rivojlanayotgan tibbiyot sohasidir. Uşbu fanni örganiş 1968 yilda Aleksandr Veyn tomonidan boşlab berilgan. U inson uyqusini yozib olib, tadqiq qilgan.
Normal uyqu qanday aniqlanadi?

Videomonitor orqali inson uyqusi yozib olinadi. Bemor uxlayotganda apparatura kerakli ma'lumotlarni qayd etadi va komyuter xotirasiga ötkazadi. Şundan söng barça ma'lumotlar töplanib qayta işlanadi va umumiy holat haqida xabar beriladi. Oxirida gipnogramma orqali uyqu tuzilişi, miqdori va sifati haqida ma'lumot oliş mumkin.
Uyqu buzilişini qanday davolaş mumkin?

Eng oddiy davo muolajasi farmakologik (dori vositalari) usul hisoblanadi. Bundan taşqari psixoterapiya, fizioterapiya, igna bilan davolaş, fototerapiya (yorqin oq rang bilan davolaş) kabi yöllar ham bor.
Ekspertlar nima deydi?

Neyropsixolog Zarifboy Ibodullayev:
«Inson miyasiga rohat bağişlovçi eng kuçli malham – bu uyqu», degan edi Ibn Sino. Haqiqatan hayot taşvişlari yoki qandaydir sabab orqali uxlamay işlaydigan, kam uxlab, köp işlaydiganlarda aqliy va ruhiy faoliyat sustlaşib boradi. Bu nimalarda namoyon böladi? Uxlamasdan tinmay işlaş heç qaçon iş unumdorligini oşirmaydi. Miya baribir öz alamini oladi.













