Nyu-Yorkdagi (AQŞ) Kolumbiya universiteti olimlari tungi futbol translatsiyalarini tomoşa qiliş paytida uyquni muntazam ravişda kamaytiriş asta-sekin vazn ortişiga va soğliq uçun xavflarni oşirişga olib kelişi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Annals of Internal Medicine jurnalida çop etilgan.

Taxminan 6 hafta davom etadigan futbol böyiça jahon çempionati öyinlari köpinça Toşkent vaqti bilan tunda boşlanadi, şu sababli muxlislar öyinlarni tomoşa qiliş uçun uyqusini qurbon qiladi.

Tadqiqotda odatdagi şaroitda kuniga yetti-sakkiz soat uxlaydigan 95 nafar katta yoşdagi odam iştirok etdi. Olti hafta davomida iştirokçilar ongli ravişda odatdagidan bir yarim soat keçroq uxladi va keyin yana olti hafta davomida odatiy uyqu rejimiga qaytdi. Olimlar maxsus datçiklar yordamida uyqu davomiyligini qayd etib, bir vaqtning özida tana vazni, bel hajmi, tana tarkibi va iştaha uçun mas’ul bölgan gormonlar darajasini kuzatib bordi.

Tadqiqotning yetakçi muallifi, Kolumbiya universiteti nutritsiologiya kafedrasi dotsenti Fariz Zuraykatning aytişiça, olti haftalik uyqusizlik davomida iştirokçilar örtaça yarim kilogrammga yaqin vazn töplagan, şu bilan birga ötiradigan kamharakat vaqt oşgan. Uning sözlariga köra, agar bu ma’lumotlarni bir yilga tarqatsak, kuniga bir yarim soatdan kam uyquni muntazam yöqotiş klinik jihatdan ahamiyatli vazn ortişiga olib kelişi mumkin.

Nutritsiologiya professori Mari-Per Sent-Onjning ta’kidlaşiça, yetarli uyqu vazn ortişi va yurak kasalliklari hamda qandli diabet kabi semizlik bilan boğliq kasalliklar rivojlaniş xavfini kamaytirişi mumkin. Uning sözlariga köra, yoş ötişi bilan odamlar odatda semirişga moyil böladi va semizlik yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy xavf omillaridan biridir.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, avvalgi tadqiqotlar odatda ötkir va oğir uyqusizlik oqibatlarini örgangan bölsa, bu safar olimlar ataylab örtaça va surunkali uyquning qisqarişini modellaştirdi - bu katta yoşdagi aholining köpçiligi duç keladigan holat. Tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, kattalarning uçdan bir qismi muntazam ravişda kuniga atigi beş-olti soat uxlaydi.

Şuningdek, uyqusiz qolgan iştirokçilar odatdagidan uzoqroq uyğoq bölişni hisobga olsak ham, kun davomida kamroq faol bölgan. Yana bir tadqiqot şuni körsatdiki, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bölgan iştirokçilarda uyqu qisqarişining xuddi şunday davrlaridan keyin yurakda yalliğlaniş hujayralari soni oşgan.