2019 yildan boşlab, Janubiy Koreya Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi özbekistonlik hamkasblari faoliyatiga munosib baho bergan holda, mehnat migrantlari uçun kvota örinlarini köpaytirdi. Bu haqda Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar beradi.
Ma'lum qilinişiça, özbekistonlik mehnat migrantlari uçun joriy yilda Koreya hukumati tomonidan 3200ta iş örni ajratiliş nazarda tutilgan va bu körsatkiç ötgan yilgiga nisbatan 100taga oşgan.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi örtasida imzolangan Anglaşuv memorandumiga muvofiq, Özbekiston fuqarolarini vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Koreya Respublikasiga yuboriş böyiça vakolatli organlar etib, Özbekiston tomonidan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi tomonidan Koreya Inson resurslarini rivojlantiriş xizmati belgilangan.
Uşbu Memorandumga köra, Koreya Respublikasiga mehnat migrantlarini jalb qiliş jarayonida uçinçi tomonning iştirok etişi taqiqlangan.












