Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi banklardan birida işlayotgan xodimlarga nisbatan (tergov manfaatlaridan kelib çiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oşkor qilinmadi) jinoyat işi qözğatildi.
Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabariga köra, bankning bir guruh mansabdor şaxslari 15 kişining bank plastik kartalaridan 2 yil davomida jami 3 million sömdan ortiq pullarini, ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-toroj qiliş yöli bilan öğirlab kelgani aniqlandi.
Ayni paytda gumondorlarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.










