19 martdan e'tiboran Eron, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va Hongkong fuqarolari Özbekistonga kiriş uçun elektron viza oliş huquqiga ega böladi. Şuningdek, Özbekiston hududidan köçmas mulk xarid qilgan Eron, JAR va Hongkong fuqarolari mamlakat hududida yaşaş huquqini qölga kiritadi. Kun.uz muxbiri işonçli manbaga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

2019 yilning yanvar oyida Özbekiston hukumati fuqarolari elektron kiriş  vizasi oliş imkoniga ega mamlakatlar röyxatini kengaytirgan edi. 

Xalqaro munosabatlar rivoji, mamlakat turizm sohasi rivojiga ijobiy ta'sir körsatuvçi investitsion iqlimni yaxşilaş uçun yanada qulay şaroit yaratiş maqsadida Özbekiston Prezidenti Farmoni bilan 2019 yilning 19 martidan uşbu mamlakatlar röyxatiga şuningdek Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Hongkong maxsus ma'muriy mintaqasi ham kiritildi. 

Ayni şu Farmon bilan Eron, JAR va Hongkong fuqarolari Özbekistonda köçmas mulk xarid qiliş şarti bilan mamlakatda yaşaş huquqiga ega bölişadi. 

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasida yaşaşni istagan xorij fuqarolari hududlar kesimida quyidagi qiymatdagi köçmas mulk obektini xarid qilişlari kerak böladi: 

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida: 400 ming dollardan;

Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida: 200 ming dollardan;

Boşqa viloyatlarda: 100 ming dollardan boşlab.

Şu munosabat bilan yaqin vaqt içida Özbekistonga kirib keluvçi sayyohlar oqimi yanada köpayişi kutilmoqda.