Ertaga Toşkentda 2020 yilgi Osiyo çempionati U-23 saralaşining «F» guruhi bahslariga start beriladi. Unda Özbekiston, Tojikiston va Hindiston olimpiya terma jamoalari iştirok etişadi.

Bugun, 21 mart kuni turnir oldidan uçala terma jamoa boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi. Tribuna.uz muxbiri mutaxassislarning öyinoldi fikrlarini keltirib ötdi.
Derrik Pereyra, Hindiston OTJ boş murabbiyi:

«Toşkentga qisqa tayyorgarlik bilan taşrif buyurdik. Mamlakatimizda futbol mavsumi hali davom etayotgani uçun maşğulotlarga vaqtimiz köp bölmadi. Jamoani imkon qadar jakllantirişga harakat qildik. Tarkibni imkon qadar belgilanganidan ham yoşroq futbolçilar bilan töldirişga urinyapmiz. Bu yerga kelişdan oldin Qatarda yiğin ötkazib, bu mamlakat termasi bilan örtoqlik öyini ötkazdik.
Imkon qadar yoş futbolçilarni olib kelganimiz sababi – biz sekin-asta jamoaviy öyinni şakllantirişda yoşlarga köproq tayanmoqdamiz. Ular orasida Jahon çempionatida qatnaşganlari ham bor. Qolaversa, ayrim futbolçilarimizda jarohat bor. Biz kelajakni öylagan holda iş tutyapmiz. Asosiy terma jamoa uçun öyinçilarni tayyorlab borişni ham maqsad qilganmiz. Şu bilan birga hozir ham yaxşi natijalar qayd etiş niyatidamiz.
Raqiblarimizni imkon qadar örganişga harakat qildik. Misol uçun, Özbekiston qit'ada öz örniga ega. Ular – amaldagi çempion. Qolaversa, Tojikiston haqida ham faqat ijobiy fikrlar ayta olaman. Usmon Toşev bilan döstmiz. Uning jamoasi yaxşi şakllangan.
Raqiblarni örgangan bölsak-da, asosiysi öz öyinimizni namoyiş eta olişimiz kerak.
Pokiston termasining iştirok etmayotgani bizga foyda yoki ziyon ekani haqida bir narsa deyişim muşkul. Ular ham bölişganida yana bitta köproq öyin ötkazardik.
Ha, tayyorlaniş uçun vaqtimiz köp bölmadi. Bu yerga kelişdan oldin birgina yiğinda bittagina örtoqlik öyini ötkazdik. Aslida Toşkentga ikki kun oldin kelmoqçi edik, ammo ba'zi muammolar sabab bugun yetib kela oldik. Şunday bölsa-da, turnirni ijobiy ruhda ötkazmoqçimiz».
Lyubinko Druloviç, Özbekiston OTJ boş murabbiyi:















