Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublikada yillar davomida qishloq xo‘jaligida foydalanilmasdan kelingan, meliorativ holati yomonlashgan sug‘oriladigan yer maydonlarini bosqichma-bosqich foydalanishga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat respublikada yillar davomida foydalanilmasdan kelinayotgan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, unumdorligi va suv ta'minotini yaxshilash, ushbu maydonlardagi suv xo‘jaligi tizimini tiklash hamda bosqichma-bosqich foydalanishga kiritib samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilinishi mumkin.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining respublikada yillar davomida foydalanilmasdan kelinayotgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlarni bosqichma-bosqich foydalanishga kiritish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019-2021 yillar davrida foydalanishga kiritilayotgan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda foydalanishdan chiqqan ekin maydonlarini foydalanishga qaytarish bo‘yicha 2019-2021 yillarda amalga oshiriladigan irrigatsiya tadbirlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda foydalanishdan chiqqan ekin maydonlarini foydalanishga qaytarish bo‘yicha 2019-2021 yillarda amalga oshiriladigan melioratsiya tadbirlarining prognoz ko‘rsatkichlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019-2021 yillarda foydalanishga kiritilayotgan sug‘oriladigan yer maydonlariga ilmiy asoslangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.
2019-2021 yillarda amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari bo‘yicha:
buyurtmachi tashkilot qilib – O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi hududiy “Suv qurilishinvest” davlat unitar korxonalari;
bosh loyihachi tashkilotlar – o‘rnatilgan tartibda;
















